Live
12
O'zbek

«Aston Villa» A Seriyadan hujumchi topdi

Futbol
8 mart, 10:42
Turinliklarning kanadalik hujumchisi Jonatan Devid faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
«Aston Villa» A Seriyadan hujumchi topdi
Foto: Getty Images

Forvard xizmatlariga «Aston Villa» qiziqish bildirmoqda. Turin klubi o‘z futbolchisini qo‘yib yuborishga tayyor. «Yuventus» Devidning transferidan 15-18 million yevro ishlab olmoqchi.

Jonatan Devid 2025-yilda «Lill»dan «Yuventus»ga erkin agent sifatida o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2030-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Ushbu mavsum hujumchi Turin klubi safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali kanadalikning aktual transfer narxini 35 million yevroga baholamoqda.

Bugungi yangiliklar