«Manchester Siti»ning yangi yarim himoyachisi Enso Fernandes jamoada 17-raqam ostida to‘p tepadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Argentinalik futbolchi ushbu raqamni avval o‘n yil davomida kiygan klub afsonasi Kevin De Bryuynedan qabul qilib oldi. Bungacha 17-raqam ostida Sun Tszixay va Martin Petrov kabi futbolchilar ham o‘ynagan.
Avvalroq Fernandesning «Chelsi»dan «Manchester Siti»ga transferi €145 mlnni tashkil qilgani xabar qilingandi. Argentinalik yarim himoyachi mankunianliklar bilan besh yillik shartnoma imzolagan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi