Bugun
11
O'zbek

«Benfika» «Man Siti»dan Echeverrini ijaraga olganini e’lon qildi

Futbol
2 sentabr, 23:25
Futbolchi o‘tgan mavsumni ham ijara asosida «Bayer» va «Jirona»da o‘tkazgan.
«Benfika» «Man Siti»dan Echeverrini ijaraga olganini e’lon qildi
Foto: SL Benfica

Klaudio Echeverri «Manchester Siti»dan «Benfika»ga o‘tdi. Bu haqda Portugaliya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Lissabonliklar 20 yoshli yarimhimoyachini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. Qayd etish lozim, Echeverri o‘tgan mavsumni ijara asosida «Bayer» va «Jirona» klublarida o‘tkazgan.

Ma’lumot o‘rnida, 20 yoshli argentinalik futbolchining Transfermarkt portalidagi narxi 15 million yevroni tashkil etadi. Uni «Manchester Siti» 2024 yil yanvar oyida «River Pleyt»dan 18,5 million yevroga sotib olgan.

Avvalroq Marku Silva «Benfika» bosh murabbiyi etib tayinlangani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Benfica Benfica
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar