Bugun
22
O'zbek

Rasman: Seballos «Betis»ga qaytdi

Futbol
2 sentabr, 17:06
Xavbek yangi klubi bilan uch yillik bitim imzoladi.
Rasman: Seballos «Betis»ga qaytdi
Фото: Getty Images

Ispaniyalik yarimhimoyachi Dani Seballos «Real»ni tark etib, «Betis» futbolchisiga aylandi.

Qayd etilishicha, xavbek yangi klubi bilan uch yillik bitim imzoladi. 30 yoshli futbolchi yangi klubiga erkin agent maqomida qo‘shildi.

Dani «Betis» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, asosiy jamoadagi faoliyatini ham shu klubda boshlagan edi. 2017 yilda u «Real»ga o‘tib, Madrid klubi safida bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

Futbolchi «Real»dan ketish uchun shartnomasining so‘nggi yili va taxminan 5 million yevro miqdoridagi mablag‘dan voz kechgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Betis Betis
Bugungi yangiliklar