Bugun
22
O'zbek

Devid: «Italiyadagi davrim men kutganimdek oson kechmadi»

Futbol
2 sentabr, 16:08
26 yoshli futbolchi yangi jamoasidagi ilk fikrlarini bildirdi.
Devid: «Italiyadagi davrim men kutganimdek oson kechmadi»
Фото: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi kanadalik hujumchi Jonatan Devidni o‘z safiga qo‘shib oldi. 26 yoshli futbolchi yangi jamoasidagi ilk fikrlarini bildirdi.

«Italiyadagi davrim men kutganimdek oson kechmadi. Endi yangi chaqiriqqa tayyorman. La Liga mening o‘yin uslubim va hujumdagi sifatlarimga juda mos keladi, deb o‘ylayman.

Kelajagim nima bo‘lishi mening qarorimga bog‘liq emas. Men qila oladigan eng yaxshi ish — gol urish», — deya Devidning so‘zlaridan keltiradi «Atletiko» klub rasmiy sayti.

Ma’lumot uchun, Jonatan 2025 yilda «Yuventus»ga kelib qo‘shilgan. Turin klubi safida 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urgan. Kanada milliy jamoasi safida 42 gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar