«Leypsig» himoyachisi El Shaday Bitshiabu ijara asosida «Galatasaroy»ga o‘tdi. Bu haqda Turkiya klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Fransiyalik 21 yoshli futbolchi 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar Istanbul klubi safida harakat qiladi. Kelishuvda «Galatasaroy» futbolchini keyinchalik to‘liq sotib olish imkoniyati ham mavjud.
Ijara transferi uchun «Galatasaroy» 2 million yevro to‘laydi. Shuningdek, turkiyaliklar kelishuvda ko‘rsatilgan shartlar asosida Bitshiabuni 28 million yevro evaziga doimiy ravishda sotib olish huquqiga ega. Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi esa mavsum uchun 2 million yevro atrofida sof maosh oladi.
O‘tgan mavsumda Bitshiabu «buqalar» safida barcha turnirlar safida 14 ta bellashuvda maydonga tushgan.