Live
5
O'zbek

Nakamura – «Lion» futbolchisi

Futbol
2 sentabr, 15:42
«Lion» Keyto uchun «Reyms»ga 1 million yevro kafolatlangan transfer qiymatini to‘laydi.
Nakamura – «Lion» futbolchisi
Фото: Getty Images

«Reyms» hujumchisi Keyto Nakamura «Lion»ga o‘tdi. Bu haqda «sherlar» matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yaponiyalik 26 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2030 yilning yoziga qadar bitim imzoladi. Nakamura «Lion» tarixidagi birinchi yaponiyalik futbolchi bo‘ldi.

«Lion» Keyto uchun «Reyms»ga 1 million yevro kafolatlangan transfer qiymatini to‘laydi. Turli bonuslar bilan transferning umumiy qiymati 20 million yevrogacha yetishi mumkin.

Shuningdek, «Reyms» futbolchining keyingi sotuvidan olinadigan foydaning 12,5 foizigacha bo‘lgan ulushni saqlab qoldi.

Ma’lumot uchun, Nakamura «Reyms»ga 2023 yilda «LASK» klubidan ko‘chib o‘tgan edi. U Fransiya klubi safida barcha turnirlar doirasida 97 ta uchrashuvda 30 ta gol urdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lyon Lyon
Bugungi yangiliklar