«Aston Villa» vingeri Leon Beyli faoliyatini Gresiya chempionatida davom ettirishi kutilmoqda.
Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, «Olimpiakos» yamaykalik 29 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha birminghemliklar bilan kelishuvga erishgan. Leon «Olimpiakos» bilan 2029 yilning yoziga qadar bitim imzolashi kutilmoqda. Kelishuv tez orada to‘liq rasmiylashtiriladi.
Avvalroq forvard ijara asosida «Roma»da o‘ynadi. Biroq Rim klubidagi ishlari ko‘ngildagidek chiqmadi va futbolchi muddatidan oldin «bo‘rilar» bilan ijara muddatini bekor qilgandi.