«Chelsi» klubi «Liverpul»ning sobiq yarimhimoyachisi Jorjinio Veynaldum bilan shartnoma imzolamaydi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
London klubi niderlandiyalik 35 yoshli futbolchi bilan muzokaralar olib borilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Avvalroq OAVda tomonlar bir yillik shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani, kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Hatto bitimning taxminan 90 foizga tayyor ekani aytilgan.
Biroq yangi ma’lumotlarga ko‘ra, bu xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi va Veynaldum «Chelsi» futbolchisiga aylanmaydi.
Ayni vaqtda niderlandiyalik yarimhim erkin agent maqomida. U «Al Ittifoq» klubini tark etganidan so‘ng yangi jamoa qidirmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi