Live
2
O'zbek

Futzal. SQB BMBni yengib, o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi

Boshqa sportlar
2 sentabr, 11:44
    20+
G'olib penaltilar seriyasida aniqlandi.
Futzal. SQB BMBni yengib, o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi
Фото: Ўзбекистон футзали

Toshkentdagi «Humo Arena»da futzal bo‘yicha 2026 yilgi O‘zbekiston Superkubogi bahsi o‘tkazildi. Bellashuv SQB ham BMB jamoalari o‘rtasida kechdi. Qiziqarli o‘tgan o‘yinning asosiy vaqtida 3:3 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa SQB 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi.

Mazkur bellashuvga jahon futbolining mashhur afsonalari faxriy mehmon sifatida taklif etilgan. Xususan, braziliyalik darvozabon Julio Sezar, italiyalik sobiq futbolchilar Marko Materassi va Kristian Zakkardo, shuningdek, Jerom Boateng (Germaniya), Michel Salgado (Ispaniya), Esteban Kambiasso (Argentina), Rikardu Kuarejma (Portugaliya), Uesli Sneyder (Niderlandiya), Oskar (Braziliya), Kevin Kurani (Germaniya) va Vinchenso Yakvinta (Italiya) Superkubok uchrashuvini bevosita arenadan kuzatib bordi va taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Superkubogi
BMB — SQB 3:3 (penaltilar seriyasi — 2:4)
Gollar:
0:1 — Davlat Ibragimov (2), 0:2 — Timur Salimov (27), 1:2 — Jan Aldemiro (31), 1:3 —Bolt (32), 2:3 — Aldemiro (33), 3:3 — Vitor (35)

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar