Fransiyada Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappega hujum qilish va uni o‘g‘irlashni rejalashtirgan 18 yoshli yigit hibsga olindi. Bu haqda Le Parisien onlayn nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, qo‘lga olingan shaxsning sheriklari ham bo‘lgan va guruh bir nechta taniqli shaxsni o‘g‘irlash rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe 2024-yil yozidan buyon Madridning «Real» klubida to‘p tepadi. Hujumchi «Monako» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2017-yildan 2024-yilgacha «Pari Sen-Jermen» klubi sharafini himoya qilgan. Kilian «Real» tarkibida UYEFA Superkubogi va Qit’alararo kubokni-qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe Fransiya milliy jamoasi bilan JCH-2018 g‘olibiga aylangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi