Londonning «Chelsi» klubi yarimhimoyachisi Romeo Lavia jamoaning 2026/2027-yilgi mavsumdagi starti haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. «Chelsi» mavsumni qatorasiga uch g‘alaba bilan boshladi.
«Mavsumoldi tayyorgarligidan boshlab kayfiyatimiz, ishtiyoqimiz ajoyib edi. Murabbiy bu borada juda ko‘p mehnat qildi, dam olish kunlari uch ochko to‘plashimiz uchun qo‘shimcha kuch to‘plashga yordam berdi. Hozircha hammasi joyida.
Hamma gap o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda. Albatta, jamoadoshlarim, murabbiy ham menga katta yordam beryapti. Shunchaki o‘yindan o‘yinga kuchayib borish kerak va men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman, shuning uchun umid qilamanki, bu davomiy bo‘ladi», - deya Lavianing so‘zlaridan iqtibos keltirdi «Chelsi» rasmiy sayti.