«Chelsi»dan «Tottenhem»ga ijara asosida o‘tgan hujumkor yarimhimoyachi Mixailo Mudrik londonliklar ustozi Roberto de Zerbi haqida fikr bildirdi.
«De Zerbi mening futboldagi otamdir. Men bu mutaxassisga to‘liq ishonaman. U mendan nima talab qilishini bilaman. U mendan eng yaxshi narsalarni olib, ularni to‘g‘ri yo‘naltirishi mumkin. Roberto faoliyatimdagi muhim murabbiy. U meni qanday qilib yanada kuchliroq qilishni biladi», - deya futbolchining so‘zlarini klub matbuot xizmati keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mudrik Ukrainaning «Shaxtyor» jamoasida de Zerbi qo‘l ostida o‘ynagan.
Ma’lumot uchun, «Tottenhem» ukrainalikni mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Shuningdek, londonliklar futbolchini 87 million yevroga sotib olishi mumkin.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi