Live
2
O'zbek

«Aston Villa» yarimhimoyachisi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

Futbol
2 sentabr, 08:31
Klub 22 yoshli xavbek bilan hamkorlik muddatini uzaytirmoqchi.
«Aston Villa» yarimhimoyachisi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
Foto: Gettyimages

«Aston Villa» 22 yoshli xavbek Lamar Bogard bilan yaqin orada yangi bitim imzolashni niyatida. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Manba ma’lumotlarga ko‘ra, «Aston Villa» niderlandiyalik futbolchi uchun yangi bitim tayyorlamoqda. Avvalroq Birminghem klubi futbolchisini «Ipsvich» va «Brayton»ga sotishni istamagandi. Futbolchini tarkibda saqlab qolishni bosh murabbiy Unai Emerining shaxsan o‘zi xohlagan.

Yangi mavsumda Bogard ikkita o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi, lekin samarali harakatlar amalga oshirmadi.

Ma’lumot uchun, yarimhimoyachining «Aston Villa» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan.

Bugungi yangiliklar