Live
2
O'zbek

«Chelsi» bunday natijani 2003/2004-yilgi mavsumdan buyon ilk bor qayd etdi

Futbol
2 sentabr, 08:49
«Aristokratlar» 2003/2004-yilgi mavsumdan beri APLda to‘pga egalik qilish bo‘yicha eng past foizni qayd etdi.
«Chelsi» bunday natijani 2003/2004-yilgi mavsumdan buyon ilk bor qayd etdi
Foto: Gettyimages

«Chelsi» 2003/2004-yilgi mavsumdan beri APLda to‘pga egalik qilish bo‘yicha eng past foizni qayd etdi

Angliyaning «Chelsi» klubi Premer-liga 2-turi doirasidagi «Brayton end Xouv Albion»ga qarshi o‘yinda (4:3) to‘pga 25,6% vaqt davomida egalik qildi. Bu klubning kamida 2003/2004-yilgi mavsumdan buyon Angliya Premer-ligasi o‘yinidagi eng past ko‘rsatkichidir. Bu haqda OptaJoe o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, «Chelsi» futbolchilari 146 ta aniq uzatmani amalga oshirgan — bu statistika yuritila boshlangan davrdan (2003/2004-yilgi mavsumdan) beri APL o‘yinidagi eng quyi ko‘rsatkichdir. Uzatmalarning aniqligi (67%) esa 2004-yil fevralidan buyon Angliya chempionatining uy uchrashuvidagi eng past natija bo‘ldi. O‘shanda «Chelsi» o‘z maydonida «Charlton»ni (1:0) qabul qilgan va xuddi shunday ko‘rsatkich 65,9% ni tashkil etgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar