Live
1
O'zbek

«Inter» sport direktori bilan xayrlashadi

Futbol
2 sentabr, 10:53
51 yoshli mutaxassisning keyingi manzili Angliya chempionati bo‘lishi mumkin.
«Inter» sport direktori bilan xayrlashadi
Foto: Gettyimages

Milanning «Inter» klubi sport direktori Pero Auzilio jamoani tark etadi. Tomonlar o‘zaro kelishib hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilishgan. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Mashhur insayderning ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuvga erishilgan va qaror tasdiqlangan. O‘z navbatida 51 yoshli mutaxassisning keyingi manzili Angliya chempionati bo‘lishi mumkin - Auzilio xizmatlariga APL klublari qiziqmoqda.

Auzilio Milan klubida 2014-yildan buyon ishlab kelayotgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan edi.

Ma’lumot uchun, «Inter» A Seriya yangi mavsum startida 2 ta g‘alaba qozonib, jadvalda 2-o‘rinni band etib turibdi.

Bugungi yangiliklar