Live
1
O'zbek

«Real», «Manchester Yunayted» va yana uch grand «Bavariya» himoyachisiga ko‘z tikkan

Futbol
2 sentabr, 10:40
Myunxen klubi himoyachisi Yosip Stanishich qator top klublar e’tiborini o‘ziga qaratgan.
«Real», «Manchester Yunayted» va yana uch grand «Bavariya» himoyachisiga ko‘z tikkan
Foto: Gettyimages

Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi Yosip Stanishich qator top klublar e’tiborini o‘ziga qaratgan. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

26 yoshli futbolchi Londonning «Arsenal» klubi, «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Real» va «PSJ» klublari diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Nemislar futbolchisi transferidan 55 - 65 million yevro ishlab olmoqchiligi aytilmoqda. Stanishichning myunxen grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsum Yosip Germaniya chempionati doirasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Bugungi yangiliklar