«Tottenhem» hujumchisi Risharlison «Trabzonspor» klubiga o‘tishga rozilik berdi. Tomonlar braziliyalik futbolchining shaxsiy shartlari va maoshi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Risharlison Turkiyada «taqachilar»da hozir olayotgan maoshidan uch baravar ko‘p daromad oladi.
«Trabzonspor» futbolchini o‘zining asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan. Klub avval Risharlison uchun 15 mln va 20 mln yevro miqdorida ikkita taklif yuborgan, ammo «Tottenhem» har ikki taklifni ham rad etgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi