Live
5
O'zbek

«Napoli» Di Lorenso bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
2 sentabr, 14:26
Di Lorenso 2019 yil yozidan buyon «Napoli» sharafini himoya qilib kelmoqda.
«Napoli» Di Lorenso bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Getty Images

«Napoli» jamoa sardori Jovanni Di Lorenso bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, italiyalik 33 yoshli himoyachining yangi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Di Lorenso 2019 yil yozidan buyon «Napoli» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Shu vaqt mobaynida u klub safida barcha urnir 307 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi. Himoyachi «Napoli» bilan ikki marta Italiya chempioni bo‘lgan. Shuningdek, u klub tarkibida Italiya Kubogi va Superkubogi sohibi ham bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar