«Napoli» yarimhimoyachisi Skott Maktomineyda yengil va xavfsiz yurak aritmiyasi aniqlangan. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
29 yoshli futbolchi yaqin kunlarda yurak ritmini tiklashga qaratilgan PFA (pulsed-field ablation) muolajasidan o‘tadi. Klub ma’lumotiga ko‘ra, Maktominay milliy jamoalar o‘yinlari uchun tanaffusdan so‘ng safga qaytishi kutilmoqda.
Shu sababli shotlandiyalik futbolchi oktyabr oyigacha «Napoli»ga yordam bera olmaydi.