Live
3
O'zbek

«Napoli» Voltemadeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
27 avgust, 15:20
Avvalroq Nik Bundesligaga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
«Napoli» Voltemadeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Фото: Getty Images

«Nyukasl» hujumchisi Nik Voltemade faoliyatini «Napoli»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, germaniyalik 24 yoshli forvard «qarg‘alar»da o‘zini yaxshi his qilmayapti va jamoadagi o‘rnini yo‘qotgan. Klubning yangi ustozi Mattias Yayssle ham Voltemadega ishonch bildirmayapti.

Avvalroq Nik Bundesligaga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi, ammo «Napoli» unga boshqa variantni taklif qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, forvard o‘tgan mavsumda «Shtutgart»dan «Nyukasl»ga kelib qo‘shilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
Bugungi yangiliklar