Bugun
15
O'zbek

«Aston Villa» «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi Harvud-Bellisni transfer qildi

Futbol
1 sentabr, 08:49
Birminghem klubi 24 yoshli markaziy himoyachi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
«Aston Villa» «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi Harvud-Bellisni transfer qildi
Foto: Getty Images

«Aston Villa» «Sauthempton» markaziy himoyachisi Teylor Harvud-Bellis transferini rasman e’lon qildi.

«Manchester Siti» akademiyasi tarbiyalanuvchisi «Aston Villa» bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Birminghem klubi futbolchi uchun «Sauthempton»ga 35 mln yevro to‘lagan.

Harvud-Bellis o‘tgan mavsumda Chempionshipda 41 ta bahsda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.

«Aston Villa» transfer oynasining so‘nggi kunida «PSJ»dan 18 yoshli vinger Ibragim Mbaye transferini ham rasman e’lon qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Saugempton Saugempton
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar