Bugun
22
O'zbek

«Atletiko» Lemarni «Elche»ga ijaraga berdi

Futbol
2 sentabr, 17:17
Kelishuvda futbolchini doimiy ravishda sotib olish imkoniyati ko‘zda tutilmagan.
«Atletiko» Lemarni «Elche»ga ijaraga berdi
Фото: Getty Images

«Elche» klubi «Atletiko» yarimhimoyachi Toma Lemarni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, fransiyalik 30 yoshli futbolchi 2027 yilning yoziga qadar ijara asosida o‘ynaydi. Kelishuvda futbolchini doimiy ravishda sotib olish imkoniyati ko‘zda tutilmagan.

Ma’lumot uchun, Lemar 2018 yilda «Monako»dan «Atletiko»ga o‘tgan. Bu vaqt davomida Madrid klubi safida barcha turnirlar doirasida 186 ta bellashuvda 10 ta gol va 19 ta golli uzatma qayd etgan.

Toma Fransiya milliy jamoasi bilan 2018 yilda jahon chkmpionligini qo‘lga kiritgan. O‘tgan mavsumni esa ijara asosida «Jirona»da o‘tkazib, 27 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar