«Milan» futbolchisi Luka Modrich faoliyatini yakunlaganidan so‘ng «Real»ga qaytish niyati borligini aytdi.
«Real» — mening uyim va men qaytishni xohlayman. Har doim madridlik bo‘lib qolaman. «Real» — dunyodagi eng buyuk klub.
Madrid menga hamma narsani berdi. Men qaytib, klubga foydam tegishini va yordam berishni xohlayman. Men «Real»da ishlashni emas, «Real» uchun ishlashni xohlayman. Xuddi Mourinyo aytganidek», — deya yarimhimoyachining so‘zlarini keltiradi Marca nashri.
Ma’lumot o‘rnida, xorvatiyalik yarimhimoyachining «rossonerilar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. 9 sentyabr kuni Modrich 41 yoshga to‘ladi.
Qayd etish lozim, Luka 2012 yildan 2025 yilgacha «Real» sharafini himoya qilgan. Avvalroq u A Seriyada chempionlik uchun kurashmoqchi ekanini aytib o‘tgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi