Bugun
11
O'zbek

Modrich: «To‘rtinchi o‘rin menga kerak emas, men A Seriyani yutmoqchiman»

Futbol
19 avgust, 00:30
    15+
Xorvatiyalik yarimhimoyachi «Milan» bilan chempionlik uchun kurashmoqchi ekanini ta’kidladi.
Modrich: «To‘rtinchi o‘rin menga kerak emas, men A Seriyani yutmoqchiman»
Foto: Getty Images

Luka Modrich «Milan»ga jamoaga A Seriyada beshinchi o‘rindan to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilishiga yordam berish uchun kelmaganini aytdi. Xorvatiyalik futbolchining maqsadi — Italiya chempionligini qo‘lga kiritish.

«Men g‘alaba qozonishni xohlayman. Bu haqda shunchaki gapirishni emas, balki buni amalga oshirishni istayman. «Milan»da o‘ynaganingizda faqat maksimal natija haqida o‘ylaysiz. Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish haqida o‘ylash — juda kichik maqsad. Eng yuqori marralarni ko‘zlash kerak», — dedi Modrich.

Eslatib o‘tamiz, «Milan» so‘nggi marta 2022 yilda Italiya chempioni bo‘lgan. O‘sha chempionlik klubni besh yil davomida boshqargan Stefano Pioli davrining cho‘qqisi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Luka Modrich yozda «Milan» bilan shartnomasini 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar