Argentina futbol assotsiatsiyasi Lionel Messi sharafiga maxsus aksiya o‘tkazilishini e’lon qildi.
Milliy jamoa sardori 31-avgust kuni xalqaro faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi. Shu munosabat bilan Argentinadagi erkaklar va ayollar chempionatlarida keyingi tur uchrashuvlari 10-daqiqada to‘xtatiladi.
Shu paytda o‘yin ishtirokchilari afsonaviy futbolchiga qarsaklar bilan hurmat ko‘rsatadi. Muxlislar ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.
Shuningdek, ushbu bir daqiqa davomida stadionlardagi ekranlarda assotsiatsiya tomonidan tayyorlangan maxsus videorolik namoyish etiladi.