Bugun
11
O'zbek

Fabregas A Seriyaning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Futbol
3 sentabr, 01:55
Dimarko eng yaxshi, Paz eng yaxshi yosh futbolchi, Konseysau esa eng chiroyli gol muallifi sifatida qayd etildi.
Fabregas A Seriyaning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi
Foto: Getty Images

«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas Italiya futbolchilari assotsiatsiyasi (AIC) versiyasiga ko‘ra, A Seriyaning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

G‘oliblar futbolchilar o‘rtasidagi ovoz berish orqali aniqlandi. Taqdirlash marosimi kecha, 2 sentyabr kuni Milandagi «La Skala» teatrida bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida, 39 yoshli ispaniyalik mutaxassis 2024 yildan buyon «Komo»ni boshqarib kelmoqda. O‘tgan mavsumda jamoa 71 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 4-o‘rinni egalladi va klub tarixida ilk bor Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Mavsumning eng yaxshi futbolchisi «Inter» himoyachisi Federiko Dimarko deb topildi. «Inter» esa mavsumning eng yaxshi klubi sifatida e’tirof etildi.

«Komo» yarimhimoyachisi Niko Paz eng yaxshi yosh futbolchi, «Yuventus» futbolchisi Fransishku Konseysau esa eng chiroyli gol muallifi sifatida qayd etildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar