O'zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova (jahon reytingida 92-o'rinda) AQSH ochiq chempionatida navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi. Bu haqfa MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
«Ikkinchi davrada ispaniyalik Oksana Selexmetovaga (93-o'rin) qarshi kortga chiqqan yurtdoshimiz dastlabki setni 6:3 hisobida oʻz foydasiga hal qildi. Rahimovaning total ustunligi ikkinchi setda ham davom etdi va u 6:0 hisobidagi gʻalaba bilan katta qiyinchiliksiz keyingi davraga yoʻl oldi.
Uchinchi davrada tennischimizga ketma-ket ikki yildan beri ushbu turnirda chempion boʻlib kelayotgan jahon reytingi yetakchisi, belaruslik Arina Sobolenko raqiblik qiladi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Rahimova Barbora Kreychikovani mag‘lub etgani ma'lum qilingandi.