Live
13
O'zbek

O‘zbekistonlik tennischi US Open'da Barbora Kreychikovani mag‘lub etdi

Tennis
30 avgust, 13:11
Uchrashuv 1 soat 45 daqiqa davom etdi.
O‘zbekistonlik tennischi US Open'da Barbora Kreychikovani mag‘lub etdi
Фото: Getty Images

O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova AQSH Ochiq chempionati — US Open 2026 musobaqasining 1/64 finalida sensasion g‘alabaga erishdi.

Rahimova dunyo tennisida katta tajribaga ega bo‘lgan chexiyalik Barbora Kreychikovani ikki setda mag‘lub etdi — 7:6 (7:4), 6:2.

Uchrashuv 1 soat 45 daqiqa davom etdi. Birinchi setda tennischilar teng kurash olib borishdi va g‘olib tay-breykda aniqlandi. Unda Rahimova 7:4 hisobida ustun keldi.

Ikkinchi setda esa o‘zbekistonlik tennischi tashabbusni to‘liq o‘z qo‘liga olib, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Kamilla Rahimova US Open-2026 turnirining 1/32 finaliga yo‘l oldi.

US Open-2026 | 1/64 final
Kamilla Rahimova — Barbora Kreychikova
2:0
7:6 (7:4), 6:2

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar