Bugun
11
O'zbek

«Jenoa» El-Shaaravini o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qildi

Futbol
3 sentabr, 00:40
33 yoshli futbolchi jamoaga erkin agent maqomida qo‘shildi.
«Jenoa» El-Shaaravini o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qildi
Foto: Genoa CFC

Italiyalik hujumkor yarimhimoyachi Stefan El-Shaaravi faoliyatini «Jenoa»da davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

33 yoshli futbolchi jamoaga erkin agent maqomida qo‘shildi. Uning so‘nggi klubi «Roma» bo‘lgandi. Futbolchi shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng Rim klubini tark etdi.

Ma’lumot o‘rnida, «Jenoa» Italiya chempionatining yangi mavsumini omadsiz boshladi. Jamoa ketma-ket ikki mag‘lubiyatga uchrab, turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.

Genuyaliklar keyingi uchrashuvni 4 sentyabr, juma kuni o‘z maydonida «Komo»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jenoa Jenoa
Bugungi yangiliklar