Bugun
11
O'zbek

Google Messining Argentina milliy jamoasidagi faoliyati uchun unga minnatdorlik bildirdi

Futbol
3 sentabr, 00:15
Endi Google qidiruv bo‘limiga «Lionel Messi» deb kiritilsa, «Barchasi uchun rahmat, sardor» yozuvi paydo bo‘ladi.
Google Messining Argentina milliy jamoasidagi faoliyati uchun unga minnatdorlik bildirdi
Foto: Getty Images

Google afsonaviy futbolchi Lionel Messining Argentina milliy jamoasidagi faoliyati yakunlanganini o‘ziga xos tarzda qayd etdi.

Endi Google qidiruv bo‘limiga «Lionel Messi» deb kiritilsa, asboblar paneli va qidiruv natijalari oynasi o‘rtasida «Barchasi uchun rahmat, sardor» yozuvi paydo bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, argentinaliklar sardori 31 avgust kuni milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi. Qayd etish lozim, Messi 2005 yildan buyon Argentina milliy jamoasi safida o‘ynab, 125 ta gol va 68 ta assist muallifi bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Bugungi yangiliklar