PFL axborot xizmatining xabar berishicha, «Navbahor» bosh murabbiyi Temur Kapadze avgust oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Kapadze avgust oyida jamoasi bilan 5 ta o‘yinda 5 ta g‘alaba qayd etib, to‘plar nisbatini 13:4 ko‘rinishida qayd etdi.
Ushbu nominatsiyada Kapadzega quyidagi mutaxassislar raqobatchi bo‘ldi:
Islom Ismoilov («Neftchi») — 5 o‘yin, 3 g‘alaba, 1 durang, 1 mag‘lubiyat. To‘plar farqi — 12:4.
Aleksandr Xomyakov («Buxoro») — 5 o‘yin, 3 g‘alaba, 2 durang. To‘plar farqi — 11:5.
Ulug‘bek Baqoyev («So‘g‘diyona») — 5 o‘yin, 4 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat. To‘plar farqi — 9:6.

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi