Live
11
O'zbek

“Andijon” Roʻziqul Berdiyev bilan muzokaralar olib borayotganini rad etdi

Futbol
1 sentabr, 14:33
Klub amaldagi murabbiylar shtabiga toʻliq ishonch bildirishini maʼlum qildi.
“Andijon” Roʻziqul Berdiyev bilan muzokaralar olib borayotganini rad etdi
Foto: FC Nasaf

“Andijon” klubi kelasi mavsumda jamoani “Nasaf” ustozi Roʻziqul Berdiyev boshqarishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

“Soʻnggi kunlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda «Andijon” futbol klubi yangi mavsum uchun bosh murabbiylik lavozimiga turli mutaxassislar, jumladan, Roʻziqul Berdiyev bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

“Andijon” futbol klubi mazkur xabarlar yuzasidan shuni maʼlum qiladiki, ayni paytda klub tomonidan boshqa mutaxassislar bilan bosh murabbiylik lavozimi boʻyicha hech qanday muzokaralar olib borilayotgani yoʻq.

Klub rahbariyati amaldagi murabbiylar shtabiga toʻliq ishonch bildirmoqda. Jamoa belgilangan reja asosida mavsumni muvaffaqiyatli yakunlash va oldinda turgan maqsadlarga erishish yoʻlida ish olib bormoqda.

Shu munosabat bilan ommaviy axborot vositalari va muxlislardan turli manbalarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan xabarlarga emas, balki klubning rasmiy axborot kanallarida eʼlon qilinayotgan maʼlumotlarga tayanishlarini soʻraymiz.

“Andijon” futbol klubiga oid barcha muhim va rasmiy maʼlumotlar, jumladan, murabbiylar shtabi, jamoa, tarkibi, transferlar va boshqa masalalarga taalluqli xabarlar faqat klub matbuot xizmati tomonidan rasmiy ravishda eʼlon qilinadi.

Klub jamoa hayotiga oid muhim yangiliklarni doimo muxlislar va ommaviy axborot vositalari bilan oʻzining rasmiy axborot kanallari orqali muntazam ravishda baham koʻrib boradi",
— deyiladi xabarda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar