Onest Ahanor “Kristal Pelas”ga oʻtdi.
Angliya klubi 18 yoshli himoyachini “Atalanta”dan mavsum oxiriga qadar ijaraga olganini eʼlon qildi.
Eslatib oʻtamiz, bugun — 1 sentyabr kuni “Chelsi” bergamoliklar bilan Ahanor transferi borasida kelishuvga erishganini maʼlum qilgandi. Transfer qiymati 47 million yevroni tashkil etdi. Futbolchi 2027 yilda “koʻklar” safiga qoʻshiladi.
Ahanor oʻtgan mavsumda A Seriyada 22 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Ahanor bir kunda ikkinchi bor transfer qilindi
Futbol
1 sentabr, 14:23
“Atalanta” himoyachini kelasi yil uchun “Chelsi”ga transfer qilgandi, bu mavsum uchun esa “Pelas”ga ijaraga berdi.
Foto: Crystal Palace