Kataloniyaning «Barselona» klubi yangi a’zosi Gabriel Jezus klub o‘zini hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun zaxira varianti sifatida ko‘rgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.
«O‘ynamaganimda yoki yomon odam ekanligimni aytishsa, jahlim chiqadi. O‘n yil oldin men shu yerda bo‘lishim mumkin edi, lekin hayot meni boshqa yo‘lga boshladi. Oxir-oqibat men bu klubning o‘yinchisi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldim. Men ko‘p ishlayman, o‘z fazilatlarimni bilaman va mehnat har doim mukofotlanadi deb hisoblayman. Tashqaridan nima deyishsa, menga baribir», - dedi Jezus.
Ma’lumot uchun, «Barselona» 1 sentyabr kuni braziliyalik futbolchi transferini rasman e’lon qildi. Forvard 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.