“Komo” “Fiorentina” hujumchisi Moyze Kenni oʻz safiga qoʻshib oldi.
Oʻz tarixida ilk bor Chempionlar ligasining asosiy bosqichida ishtirok etadigan klub Italiya milliy jamoasining 26 yoshli hujumchisini majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga oldi.
Avvalroq “Komo” “Yuventus” va “PSJ”ning sobiq futbolchisini 10 million yevro evaziga ijaraga olishi haqida xabar berilgandi. Keyinchalik futbolchini 25+5 million yevroga sotib olish koʻzda tutilgan.
Ken oʻtgan mavsumda A Seriyada 26 ta oʻyinda 8 ta gol urgan va 1 ta assistni ham oʻz hisobiga yozdirib qoʻygan.
Moyze Ken — “Komo” futbolchisi
Futbol
1 sentabr, 14:47
Ilk bor YCHLda qatnashadigan klub Italiya milliy jamoasi forvardini oʻz safiga qoʻshib oldi.
Foto: FC Como
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi