Bugun
11
O'zbek

UEFA «Lion» – «Fenerbahche» bahsidan keyin Genduzi, Grinvud va turk klubiga nisbatan ish ochdi

Futbol
3 sentabr, 04:58
    3
Turk klubini diskvalifikatsiya yoki yirik miqdordagi jarima kutmoqda.
UEFA «Lion» – «Fenerbahche» bahsidan keyin Genduzi, Grinvud va turk klubiga nisbatan ish ochdi
Foto: Getty Images

UEFA Chempionlar ligasi saralash bosqichi pley-off javob uchrashuvidan keyin yuzaga kelgan mojaro yuzasidan «Fenerbahche» yarimhimoyachilari Matteo Genduzi va Meyson Grinvud, shuningdek, klubga nisbatan intizomiy ish ochdi.

«Lion»ga qarshi bahs Fransiyada bo‘lib o‘tdi va turkiyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan edi.

Yakuniy hushtakdan so‘ng avval «Marsel»da o‘ynagan Genduzi g‘alabani faol nishonladi. U tribunalar tomon borib, «Olg‘a, «Marsel»!» deya hayqirdi va nomaqbul ishora qildi. Futbolchi tribunalar ostidagi yo‘lakka kirganidan keyin esa jamoalar futbolchilari va xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga keldi.

Shuningdek, uchrashuv oldidan Genduzi tribunadagi muxlislarning provokatsiyalariga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgani haqida ham xabar berilgandi.

«Fenerbahche» bayonotida klub UEFAning tegishli organlariga futbolchilar va jamoa manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur dalil va hujjatlarni taqdim etishini ma’lum qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fenerbahche Fenerbahche
  • Lyon Lyon
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar