18 yoshli vinger Rio Ngumoa yaqin vaqt ichida «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishgan. Bo‘lajak shartnomaning tafsilotlari oshkor qilinmagan, biroq u uzoq muddatga mo‘ljallanishi ma’lum.
Ngumoa 2024 yilda «Chelsi»dan «Liverpul»ga o‘tgan. U Angliya Premyer ligasining ushbu mavsumida ikki bahsda maydonga tushdi, biroq samarali harakat qayd etmadi.
Futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Ngumoa qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.