Bugun
11
O'zbek

«Benfika» yarimhimoyachisini «Al Ittihod»ga ijaraga berdi

Futbol
3 sentabr, 04:52
Saudiya klubi kolumbiyalik yarimhimoyachi Richard Riosni mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
«Benfika» yarimhimoyachisini «Al Ittihod»ga ijaraga berdi
Foto: Getty Images

«Benfika» tayanch yarimhimoyachisi Richard Rios faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi. 26 yoshli kolumbiyalik futbolchi «Al Ittihod» safiga qo‘shildi.

Portugaliya klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, «Al Ittihod» Riosni 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga oldi.

Rios o‘tgan mavsum Portugaliya chempionatida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Saudiya chempionatining to‘rt turidan so‘ng «Al Ittihod» 8 ochko bilan turnir jadvalining beshinchi pog‘onasida bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Benfica Benfica
  • Al-Ittihad Al-Ittihad
Bugungi yangiliklar