Gana futbol assotsiatsiyasi Karlush Keyrushning yana milliy jamoa bosh murabbiyi bo‘lishi borasida kelishuvga erishilganini e’lon qildi.
73 yoshli portugaliyalik mutaxassis iyul oyi boshida 2026 yilgi jahon chempionatining 1/16 final bosqichida Kolumbiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng Gana milliy jamoasini tark etgandi.
Ganaliklar guruh bosqichida Panamani 1:0 hisobida mag‘lub etgan, Angliya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan va Xorvatiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Ma’lumot o‘rnida, sentyabr oyida Gana 2027 yilgi Afrika Millatlar kubogi saralash bosqichidagi ishtirokini boshlaydi. «Qora yulduzlar» Kot-d’Ivuar, Gambiya va Somali bilan bir guruhdan joy olgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi