Bugun
11
O'zbek

Artyom Filiposyan: «Neftchiga bu o‘yinda qiyin bo‘lishi aniq»

Futbol
3 sentabr, 02:35
O‘zbekistonlik sobiq futbolchi Superliga 20-tur juftliklari borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
Artyom Filiposyan: «Neftchiga bu o‘yinda qiyin bo‘lishi aniq»
Foto: Tribuna.uz

3–5 sentyabr kunlari Superligamizda 20-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Yana e’tibor bo‘lajak tur juftliklariga qaratilishi tabiiy hol. Shubhasiz, oldinda siz bilan bizni muhim va qiziqarli bellashuvlar kutyapti.

Muxlislar mehrini qozongan sobiq futbolchi Artyom Filiposyan 20-tur juftliklari borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

3 sentyabr

19:00. OKMK — «Xorazm»

OKMK va «Xorazm» uchrashuvi ikkala jamoa uchun qiyin kechishi aniq. «Xorazm» ham yaxshi, shakllangan jamoa. OKMK esa 3 ta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti. Men ushbu uchrashuvda OKMK g‘alaba qozonadi, deb o‘ylayman.

4 sentyabr

18:00. «Bunyodkor» — «Surxon»

«Bunyodkor» jamoasi hozirgi kunda juda yomon ahvolda. Ular ancha o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti. «Surxon» Anvar G‘ofurov qo‘l ostida yaxshi futbol namoyish etyapti. Ushbu o‘yinda «Surxon» g‘alaba qozonadi, deb o‘ylayman.

19:00. «Navbahor» — «Lokomotiv»

«Navbahor» Temur Kapadze boshchiligida yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Ikki marta «Nasaf»ni bejizga yutmadi. «Lokomotiv» ham yaxshi jamoa, ular ham ajoyib o‘yin namoyish etyapti. Bu uchrashuvda «Navbahor» g‘alaba qozonadi. Muxlislari ham ajoyib.

19:00. «Nasaf» — «Neftchi»

«Nasaf» o‘z uyida juda yaxshi o‘yin namoyish etadi. Bugungi kunda «Nasaf»ni ko‘p yaxshi o‘yinchilar tark etdi. Shunga qaramay, Ro‘ziqul Berdiyev «Nasaf»ni yaxshi boshqaryapti. O‘yinini ko‘rdim, ko‘p joylarda omadi kelmayapti. «Neftchi» peshqadam, kuchli jamoa va yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Lekin «Neftchi»ga shu uchrashuvda qiyin bo‘lishi aniq. Fikrimcha, bu o‘yin durang bo‘ladi.

20:15. «Paxtakor» — «Andijon»

«Paxtakor» hamisha chempionlik uchun kurashadi. Agar bo‘lajak bellashuvda g‘alaba qozona olmasa, chempionlik sari imkoniyati pasayib boradi. Shuning uchun «Paxtakor» g‘alaba qozonadi, deb o‘ylayman. «Andijon» yaxshi jamoa, yaxshi o‘yinchilar yig‘ilgan. Yangi murabbiy qo‘l ostida «Andijon» yaxshi ko‘tarildi.

5 sentyabr

18:00. «So‘g‘diyona» — «Mash’al»

«So‘g‘diyona» so‘nggi o‘yinlarda yaxshi ochko to‘pladi. Bekordan-bekorga pastki o‘rindan ko‘tarilmadi. «Mash’al»da Sergey Lushan qo‘lidan kelganicha harakat qilyapti. Bu uchrashuvda «So‘g‘diyona» g‘alaba qozonadi.

18:00. «Qo‘qon-1912» — «Dinamo»

Mazkur bahsda «Qo‘qon-1912»ga g‘alaba zarur, deb o‘ylayman. Sababi, ular pastki pog‘onalardan birida borishyapti. Lekin ularga juda qiyin bo‘ladi. Boisi, «Dinamo» ham yaxshi o‘yin namoyish etmoqda. Ushbu uchrashuvda durang bo‘lsa kerak.

20:15. «Qizilqum» — «Buxoro»

Bu o‘yin juda yaxshi kechadi. Sababi, derbi bo‘ladi. «Buxoro» bu yil ajoyib taassurot qoldirmoqda. Aleksandr Xomyakov «Buxoro»ni zo‘r shakllantirdi. «Qizilqum» ham yaxshi jamoa. Ular uyda yaxshi o‘yin namoyish etyapti. Oxirgi turda «Nasaf»ni yutdi. Bu juftlikda «Buxoro» g‘alaba qozonadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar