O‘zbekistonlik hakamlar va rasmiylar Elit Osiyo Chempionlar Ligasining 1-tur uchrashuvlarida ishlaydi. Bu haqda O‘zFHM matbuot xizmati xabar berdi.
Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi 15 sentyabr kuni BAAda bo‘lib o‘tadigan «Al Ayn» va «An Nasr» jamoalari o‘rtasidagi bahsni boshqarib boradi.
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev;
Yordamchi hakamlar: Andrey Sapенко, Timur Gaynullin;
VAR hakami: Ahrol Risqullaev.
Shuningdek, yana ikki nafar o‘zbekistonlik mutaxassis Elit Osiyo Chempionlar Ligasining dastlabki tur o‘yinlariga tayinlandi:
14 sentyabr kuni Saudiya Arabistonida o‘tadigan «Al Qodisiya» va «Al Vasl» bahsida Vladislav Seytlin hakamlar nazoratchisi vazifasini bajaradi.
16 sentyabr kuni Tailandda bo‘lib o‘tadigan «Port» va «Vissel Kobe» uchrashuvida Valentin Kovalenko hakamlar nazoratchisi sifatida faoliyat olib boradi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi