«Sanderlend» 21 yoshli futbolchining «Lion»dan transferini rasman e’lon qildi. Fofana ingliz klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Transfer summasi 30 million yevroni tashkil qilgan.
Ma’lumot uchun, Fofana joriy mavsumda «Lion» safida barcha turnirlarda 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Avvalroq uning xizmatlariga «Arsenal» ham qiziqish bildirgandi.
«Sanderlend» sport direktori Floran Jisolfi futbolchining Premyer-ligada muvaffaqiyat qozonish uchun barcha kerakli sifatlarga ega ekanini ta’kidladi.