Bugun
36
O'zbek

“Arsenal” sobiq himoyachisi Meytlend-Naylz APLga qaytdi

Futbol
3 sentabr, 15:13
29 yoshli futbolchi faoliyatini Liverpul klubida davom ettiradi.
“Arsenal” sobiq himoyachisi Meytlend-Naylz APLga qaytdi
Foto: Everton

“Everton” “Lion”ning oʻng qanot himoyachisi Ensli Meytlend-Naylzning transferini eʼlon qildi.

Angliyalik 29 yoshli futbolchi mersisaydliklar bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

Transfer qiymati oshkor qilinmayapti. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, “Everton” “Arsenal”ning sobiq oʻyinchisi uchun 5 mln yevro toʻlagan.

Meytlend-Naylz faoliyatining katta qismini “toʻpchilar” safida oʻtkazgan. Shuningdek, u “Sauthempton”, “Ipsvich” va “Roma”da ham harakat qilgan.

Himoyachi oʻtgan mavsumda Liga 1da 30 oʻyinda 1 gol va 4 assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻygan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Everton Everton
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar