Bugun
36
O'zbek

Shveysariya Superligasi. Karimov 67 daqiqa oʻynagan bahsda “Lugano” gʻalabaga erishib, 1-oʻringa qaytdi

Futbol
3 sentabr, 16:29
    2
Oʻzbekistonlik himoyachining jamoasi 90+4-daqiqada gol urdi.
Shveysariya Superligasi. Karimov 67 daqiqa oʻynagan bahsda “Lugano” gʻalabaga erishib, 1-oʻringa qaytdi
Foto: Servette FC

Shveysariya chempionatining 6-turida “Lugano” oʻz maydonida “Servett” bilan bahs yuritib, 90+4-daqiqada gʻalaba toʻpini kiritdi.

Mezbonlar safida Oʻzbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushib, 67 daqiqa harakat qildi va 7 ballga loyiq koʻrildi.

Yoʻqotishsiz borayotgan “Lugano” ochkolarini 15 taga yetkazib, “Yang Boyz”ni (14) ortda qoldirgan holda 1-oʻringa qaytdi. Shuningdek, peshqadam zaxirasida yana bir oʻyin bor. “Servett” esa 4 ochko bilan 12 ta klub orasida 10-pogʻonada.

Shveysariya Superligasi. 6-tur
Lugano — Servett 1:0

3 sentyabr, “AIL Arena”
Gol: Ayeti (90+4).
Foydalanilmagan penalti: Mraz (20, Servett).
Lugano — Ballmos, Papadopulos, Kelvin, Delkrua, Bislimi, KARIMOV (Zanotti, 67), Kenduchi (Grgich, 46), dos Santos (Pilstrom, 74), Chiminyani (Espinoza, 90+2), Shteffen, Monkada (Ayeti, 67).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • FC Lugano FC Lugano
  • Servette FC Servette FC
  • Shveysariya Superligasi Shveysariya Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar