“Manchester Siti” bir transfer oynasida sarflangan mablagʻ boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi.
Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, “shaharliklar” ushbu yozgi transfer oynasida yangi futbolchilar uchun rekord darajada — 526,2 million yevro sarflashdi.
Bir oynada qilingan xarajatlar boʻyicha tarixdagi eng yuqori TOP-10 koʻrsatkich:
1. “Manchester Siti” (2026/27 yoz) – 526,2 mln yevro;
2. “Liverpul” (2025/26 yoz) – 483 mln yevro;
3. “Chelsi” (2023/24 yoz) – 448 mln yevro (ayrim manbalarda 418 mln);
4. “Chelsi” (2026/27 yoz) – 407 mln yevro
5. “Tottenhem” (2026/27 yoz) – 366 mln yevro;
6. “Al Hilol” (2023/24 yoz) – 353 mln yevro;
7. “PSJ” (2023/24 yoz) – 350 mln yevro;
8. “Real” (2019/20 yoz) – 331 mln yevro;
9. “Chelsi” (2022/23 qish) – 330 mln yevro;
10. “Nyukasl” (2026/27 yoz) – 301 mln yevro.
“Man Siti” bir transfer oynasidagi xarajatlar boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi (top-10)
Futbol
3 sentabr, 13:30
4
Manchester klubi bu borada “Liverpul”ning oʻtgan yozda oʻrnatgan rekordini yangiladi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi