«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Enso Fernandes Angliya klubiga o‘tganidan keyingi dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Rostini aytsam, «Manchester Siti»da o‘zimni uydagidek his qilyapman va bu o‘zimga bo‘lgan ishonch uchun juda muhim. Muxlislarga shuni aytmoqchimanki, klub oldiga qo‘yilgan barcha maqsadlarga erishishiga yordam berish uchun har kuni, har bir mashg‘ulotda va har bir bahsda bor kuchimni 100 foiz beraman», — deya Fernandesning so‘zlarini Fabritsio Romano keltirdi.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli yarimhimoyachi yozgi transfer oynasi yopiladigan so‘nggi kuni «Chelsi»dan «Manchester Siti»ga o‘tdi. Argentinalik futbolchining yangi klub bilan shartnomasi besh yilga mo‘ljallangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi