Bugun
36
O'zbek

Mourinio: “La Liga oson emas. Germaniya va Fransiyada esa har yili xotirjam chempion boʻlish mumkin”

Futbol
3 sentabr, 14:50
    25+
“Real” bosh murabbiyi Ispaniya chempionatining qiyinligi haqida gapirdi.
Mourinio: “La Liga oson emas. Germaniya va Fransiyada esa har yili xotirjam chempion boʻlish mumkin”
Foto: Getty Images

“Real” bosh murabbiyi Joze Mourinio Yevropaning boshqa chempionatlariga nisbatan La Ligadagi yuqori raqobatni taʼkidlab oʻtdi.

Ertaga, 4 sentyabr kuni Madrid klubi Ispaniya chempionatining 4-turi doirasida safarda “Betis”ga qarshi maydonga tushadi.

“Atletiko” jiddiy raqobatchi boʻladi. Shubhasiz, ular bunga qodir ekanliklarini oʻylashmoqda va buni his qilishyapti. Bir xil murabbiy va mentalitet ostidagi barqarorlik – futboldagi katta kuchdir. Bundan tashqari, Chempionlar ligasida oʻynayotgan “Betis” va “Vilyarreal” kabi kuchli jamoalar bor hamda ertaga bunga oʻzimiz amin boʻlamiz. Basklar jamoalari ham juda kuchli.

Buni eng yengil chempionat emas, deb hisoblayman. Bu yerda boshqa ligalarda boʻlmagan bosim his qilinadi, yaʼni har doim gʻalaba qozonish zarurati. Germaniya yoki Fransiyada har yili xotirjam chempion boʻlish mumkin. Bu yerda esa gʻalabadan tashqari har qanday natija yaxshi deb hisoblanmaydi"
, – deya portugaliyalik mutaxassisning soʻzlarini keltiradi Marca.

“Real” La Ligada 3 ta turda 9 ochko toʻplab, toʻplar nisbatiga koʻra “Barselona”dan keyin 2-oʻrinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar