Bugun
36
O'zbek

Modrich, Pas, “Inter”dan 5 futbolchi — A Seriya-2025/26 ramziy jamoasi eʼlon qilindi

Futbol
3 sentabr, 15:32
Tarkib 4-3-3 sxemasi koʻrinishiga ega boʻldi.
Modrich, Pas, “Inter”dan 5 futbolchi — A Seriya-2025/26 ramziy jamoasi eʼlon qilindi
Foto: Getty Images

Italiyada Futbol federatsiyasi tomonidan oʻtgan mavsumda oʻzini eng yaxshi koʻrsatgan oʻyinchilar, murabbiylar va hakamlarni taqdirlash uchun tashkil etilgan Gran Galà del Calcio marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda 2025/26 yilgi chempionat yakunlariga koʻra A Seriyaning ramziy jamoasi tuzildi. Unga quyidagi oʻyinchilar kiritildi:

Darvozabon: Mile Svilar (“Roma”);

Himoyachilar: Federiko Dimarko (“Inter”), Alessandro Bastoni (“Inter”), Manuel Akanji (“Inter”), Marko Palestra (“Kalyari”);

Yarimhimoyachilar: Skott Maktominey (“Napoli”), Luka Modrich (“Milan”), Hoqon Chalxonoʻgʻli (“Inter”);

Hujumchilar: Niko Pas (“Komo”), Doniell Malen (“Roma”), Lautaro Martines (“Inter”).


Avvalroq liganing oʻtgan mavsumdagi eng yaxshi oʻyinchisi eʼlon qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar