Bugun
66
O'zbek

Romano «Barsa» va Inter futbolchi almashishi haqidagi ma’lumotlarni inkor etdi

Futbol
30 avgust, 00:04
Klublar Balde va Dimarkoning rokirovkasi borasida muzokara ham olib bormagan.
Romano «Barsa» va Inter futbolchi almashishi haqidagi ma’lumotlarni inkor etdi
Foto: Gettyimages

So‘nggi paytlarda matbuotda Alexandro Baldeni Federiko Dimarkoga almashtirish ehtimoli haqida gap ketmoqda. Taxminlarga ko‘ra, «Barselona» italiyalik futbolchini «Inter»dan og‘dirib olib, asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan 22 yoshli futbolchini bitimga kiritmoqchi. Biroq, insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumotlarning reallikka hech qanday aloqasi yo‘q. Ayirboshlash bo‘yicha muzokaralar olib borilmayapti.

Foto: Gettyimages

Yana bir taniqli insayder Nikolo Skiraning ta’kidlashicha, «Inter» Dimarkoni qo‘yib yubormoqchi emas va 28 yoshli futbolchining shartnomasini uzaytirish borasida ishlashni davom ettirmoqda.

Transfermarkt portali har ikki futbolchining aktual transfer narxini 50 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar